Skip to main content

Windows tizimida Microsoft Defender-ni Reestr orqali butunlay o'chirish qo'llanmasi

· 3 min read
Javlon Ergashev
Software Engineer

Ushbu qo'llanma orqali Windows 10/11 tizimlaridagi Antimalware Service Executable va unga tegishli barcha drayverlarni Xavfsiz rejim (Safe Mode) hamda Reestr (Registry) yordamida to'liq faoliyatdan to'xtatishni o'rganasiz.


⚠️ Muhim ogohlantirish: Antivirusni butkul o'chirish kompyuteringizni xavf ostida qoldiradi. Amaliyotdan so'ng tizimga boshqa biror uchinchi tomon ishonchli antivirus dasturini (Malwarebytes, Bitdefender) o'rnatish tavsiya etiladi.


1-qadam: Tamper Protection (Ruxsatsiz o'zgartirishdan himoya)ni o'chirish​

Windows o'z xavfsizlik sozlamalarini reestr orqali majburiy o'zgartirilishidan himoya qiladi. Birinchi bo'lib ushbu himoyani o'chiramiz:

  1. Windows Security (Windows xavfsizligi) ilovasini oching.
  2. Virus & threat protection (Virus va xavflardan himoya) bo'limiga kiring.
  3. Virus & threat protection settings ostidagi Manage settings tugmasini bosing.
  4. Tamper Protection sozlamasini topib, uni Off (O'chirilgan) holatiga o'tkazing.

2-qadam: Tizimni Xavfsiz Rejimga (Safe Mode) o'tkazish​

Defender xizmatlari juda kuchli himoyalangani sababli, oddiy rejimda reestr drayverlarini o'zgartirishga ruxsat bermaydi. Shuning uchun:

  1. Klaviatura orqali Win + R tugmalarini bosing.
  2. Ochilgan oynaga msconfig deb yozing va Enterni bosing.
  3. Tepadagi Boot vkladkasiga o'ting.
  4. Pastki qismda Safe boot (Minimal) variantiga galochka qo'ying.
  5. Apply va OK tugmalarini bosing, so'ng kompyuterni Restart (Qayta yuklash) qiling.

3-qadam: Reestrdagi 4 ta asosiy xizmat qiymatini o'zgartirish​

Kompyuter xavfsiz rejimda yongandan so'ng, Win + R tugmalarini bosib, regedit deb yozing va Reestr muharririni oching.

Chap tarafdagi jildlar daraxti orqali HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Services manziliga boring. Ushbu bo'lim ichidan quyidagi 4 ta jildni birma-bir topib, ularning ichidagi Start parametrining qiymatini 4 ga o'zgartiring (4 qiymati xizmatni butunlay o'chiradi):

1. WinDefend (Asosiy antivirus xizmati)​

  • Manzil: HKLM\SYSTEM\CurrentControlSet\Services\WinDefend
  • Amal: O'ng tomondan Start parametrini ochib, qiymatini (Value data) 4 qiling.

2. WdNisSvc (Tarmoqni tekshirish xizmati)​

  • Manzil: HKLM\SYSTEM\CurrentControlSet\Services\WdNisSvc
  • Amal: O'ng tomondan Start parametrini ochib, qiymatini (Value data) 4 qiling.

3. WdFilter (Antivirus drayveri filtri)​

  • Manzil: HKLM\SYSTEM\CurrentControlSet\Services\WdFilter
  • Amal: O'ng tomondan Start parametrini ochib, qiymatini (Value data) 4 qiling.

4. Sense (Advanced Threat Protection / EDR drayveri)​

  • Manzil: HKLM\SYSTEM\CurrentControlSet\Services\Sense
  • Amal: O'ng tomondan Start parametrini ochib, qiymatini (Value data) 4 qiling.

4-qadam: Tizimni oddiy rejimga qaytarish​

  1. Yana Win + R tugmalarini bosing va qaytadan msconfig deb yozing.
  2. Boot vkladkasiga o'tib, Safe boot dagi galochkani olib tashlang.
  3. Apply va OK tugmalarini bosib, kompyuterni qayta yuklang (Restart).

Natijani tekshirish​

Kompyuter oddiy rejimda yongach, Task Manager (Vazifalar boshqaruvchisi) oynasini oching. Tizimda nafaqat Antimalware Service Executable, balki unga bog'liq bo'lgan barcha fondagi drayverlar ham butkul to'xtatilgan bo'ladi va protsessor (CPU) hamda xotira (RAM) yuklamasi sezilarli darajada kamayadi.