Java-da o'zlashtrish operatori
O'zlashtrish (tayinlash) operatori
O'zlashtirish operatori qiymatlarni o'zgaruvchilarga tayinlash (o'zlashtirish) uchun ishlatiladi. Asosiy o'zlashtirish operatori = bo'lib, u o'ng tomondagi qiymatni chap tomondagi o'zgaruvchiga tayinlaydi. O'zlashtirish operatorlarining bir nechta turi mavjud, ular ko'pincha boshqa operatorlar bilan birlashtirilgan holda ishlatiladi.
Asosiy o'zlashtirish operatori (=)
Bu operator o'ng tomondagi ifodaning qiymatini chap tomondagi o‘zgaruvchiga tayinlaydi
- Misol
int x = 10; // x o'zgaruvchisiga 10 qiymati tayinlanadi
O'zlashtrish operatorining boshqacha ko'rinishdagi shakllari ham mavjud:
| Operator | Namuna | Teng kuchli |
|---|---|---|
| = | x = 15 | x = 15 |
| += | x += 15 | x = x + 15 |
| -= | x -= 15 | x = x - 15 |
| *= | x *= 15 | x = x * 15 |
| /= | x /= 15 | x = x / 15 |
| %= | x %= 15 | x = x % 15 |
| &= | x &= 15 | x = x & 15 |
| |= | x |= 15 | x = x | 15 |
| ^= | x ^= 15 | x = x ^ 15 |
| >>= | x >>= 15 | x = x >> 15 |
| <<= | x <<= 15 | x = x << 15 |