JVM, JRE va JDK
1. JVM
Java Virtual Machine (JVM) ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida baytkodga o'giriladi va JVM yordamida mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
JVM ni ko'pgina qurilmalar va dasturiy ta'minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM, JRE va JDK lar konfugratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog'liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM komponentlari quyidagilardir:
- Class Loaders
- Run-Time Data Areas
- Execution Engine
2. JRE
Java Runtime Environment (JRE) - tushunish uchun Java bajarilish muhiti deb atasak bo'ladi.
Java'da yaratilgan dasturlar turli OT (operatision tizim) larda bajarilishi uchun jre kifoya.
Dasturchi bo'lmagan oddiy foydalanuvchilarda Java dasturlari bajarilishi uchun
JREyetarlidir.

JRE - jvm, bazi java kutubxonlari va ma'lumbir file'lardan jamlanganligi yuqoridagi rasmdan ko'rishingiz mumkin
3. JDK
Java Development Kit (JDK) Java dasturini ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish, disk raskadrovka qilish va bajarish uchun muhit va vositalarni taqdim etadi.
JDK ning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:
- JRE
- Development Tools
