Skip to main content

Shatr ifodalari (Mantiqiy amallar)

Shart ifodalarini bir qator amallar taqdim qiladi. Ushbu amallarning barchasi ikkita operand qabul qiladi va natija sifatida boolean turidagi mantiqiy qiymat qaytaradi. Faqatgina ikkita mantiqiy qiymat mavjud, ular True (ifoda rost) False (ifoda yolg'on) qiymatlardir.

Taqqoslash amallari. Eng sodda shart ifodalariga taqqoslash amallari misol bo'lib, ular ikki qiymatni taqqoslash uchun ishlatiladi. Python quyidagi taqqoslash amallarini qo'llab-quvvatlaydi:

  • == - agar ikki operand teng bo'lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi;

  • != - agar ikki operand teng bo'lmasa True, aks holda False qiymat qaytaradi;

  • > - (dan katta) – agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo'lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi;

  • < - (dan kichik) – agar birinchi operand ikkinchisida kichik bo'lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi;

  • >= - (dan katta yoki teng) – agar birinchi operand ikkinchisidan katta yoki teng bo'lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi;

  • <= - (dan kichik yoki teng) – agar birinchi operand ikkinchisidan kichik yoki teng bo'lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi