Skip to main content

Casting (Turga o'girish)

Pythonda sonlar ustuda amal bajaruvchi ichki funksiyalar juda ko'p. Xususan, int() va float() funksiyalari argument sifatida berilgan qiymatlarni mos ravishda butun va haqiqiy sonlarga o'girish uchun ishlatiladi. Masalan

a = int(10.0)
print(a) # 10

b = float("12.3")
print(b) # 12.3

c = str(12)
print(c) # "12"

d = bool(c)
print(d) # True

Turga keltirish funksiyalari odatda konsol ekranidan kiritilgan qiymatlarni kerakli turga o'girish (chunki konsoldan kiritilgan ixtiyoriy qiymat str turiga tegishli bo'lishi oldindan qabul qilingan) va ifodalarda bir turdan ikkinchi turga keltirish zarur bo'lgan hollarda ishlatiladi. Masalan:

son1 = 3
son2 = input()
print(son1 + son2)

Ushbu dastur bajarilishi jarayonida turlar mos kelmasligi (TypeError: unsupported operand type(s) for +: 'int' and 'str') to'g'risidagi xatolik ro'y bergani haqidagi xabarni chiqaradi. Turga keltirish funksiyasidan foydalanib quyidagicha dasturni qayta yozamiz:

son1 = 3
son2 = "12"
res = son1 + int(son2)
print(res) #15

Ushbu dastur konsol ekraniga 15 degan javobni chiqaradi. Demak turga keltirish amali int() joyida to'g'ri qallanilgan. float() – turga keltirish funksiyasi ham xuddi yuqoridagidek ishlatiladi. Faqat suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar ustida amallar bajarilganida natija har doim ham biz kutganday bo'lmaydi. Masalan:

son1 = 4.01
son2 = 5
son3 = son1 / son2
print(son3) #0.8019999999999999

Ushbu dasturda javob 0.802 chiqishi kerak edi, lekin uni javobi yuqoridagi misolda ko'rinib turganidek 0.8019999999999999 qiymatni ekranga chiqaradi. Bu qiymat hato emas. Haqiqiy sonlarning kompyuter xotirasida saqlanish formati butun sonlarnikidan farqlanadi. Shu sababli suzuvchan nuqtali sonlar qiymati taqriban saqlanadi (absolyut xatolik inobatga olmasa ham bo'ladigan darajada kichik). Shuning uchun haqiqiy sonlarni yahlitlash uchun round() funksiyasidan foydalaniladi.

son1 = 4.01
son2 = 5
son3 = round (son1 / son2,4)
print(son3) #0.802

round(a,n) funksiyasi ikkita parametr qabul qilib, dastlabkisi yahlitlanishi kerak bo'lgan qiymat, ikkinchisi verguldan keyin nechta belgi aniqlikda chiqarilishi kerakligini anglatuvchi son.