Skip to main content

if - else (shart operatori)

if shart operatori shart ifodalarda qo'llanilib, uning natijasiga ko'ra dastur bajarilishi u yoki bu yo'lga yo'naltiriladi. U quyidagi umumiy ko'rinishga ega:

if shart operatorining eng sodda ko'rinishida if kalit so'zidan keyin mantiqiy ifoda yoziladi va ikki nuqta (:) qo'yiladi. Keyingi qatordan amallar yoziladi. Har bir amal alohida qatorda yozilishi yoki ularni nuqta vergul (;) bilan ajratgan holda bitta qatordan yozish talab qilinadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki Pythonda boshqa tillardagi kabi if shart operatorini tana qismini ifodalovchi maxsus belgilar mavjud emas (manasal c++, c# da {,} blok belgilari ishlatiladi). Shu sababli uning tana qismidagi ifodalar if kalit so'ziga nisbatan bitta xat boshi (to'rtta probel belgisi) belgisi tashlab yoziladi. Masalan:

yoshi = 21

if yoshi >18:
print("Kirishga ruxsat beriladi")
print("Tamom")

Bu erda if kalit so'zidan keyin yoshi > 18 mantiqiy ifoda kelgan. Tana qismi bitta ifodadan tashkil topgan, ya'ni print("Kirishga ruxsat beriladi") va u if ga nisbatan bitta xat boshi tashlab yozilgan. Keyingi qatordagi print("Tamom") ifodasi if ning tana qismiga tegishli emas, shuning uchun u if bilan bir ustunda yozishgan va bu xabar shart bajarilish-bajarilmasligidan qat'iy nazar har doim konsol ekraniga chiqariladi. Agarda print("Tamom") ifodasi oldiga bitta xat boshi qo'ysak, u holda ushbu ifoda ham if blokiga tegishli bo'lib qoladi, ya'ni

yoshi = 21
yoshi >18:
print("Kirishga ruxsat beriladi")
print("Tamom")

Ushbu holatda shart bajarilsa, ikkala xabar ham konsol ekraniga chiqariladi, aks holda hech biri chiqarilmaydi. if shart operatori False qiymat qaytaradigan holatda qandaydir amal bajarilishini aniqlash uchun else blokida bajarilishi kerak bo'lgan amallar yoziladi. Masalan:

yoshi = 21

if yoshi > 18:
print("Kirishga ruxsat beriladi")
else:
print("Kirishga ruxsat berilmaydi")

Agar yoshi > 18 shart bajarilsa if blokidagi aks holda else blokidagi amallar bajariladi. Bir necha alternativ shartlarni ishlatish uchun qo'shimcha elif blokidan foydalaniladi.

# ax^2+bx+c=0 kvadrat tenglama echimlari soni
a= int(input("a="))
b= int(input("b="))
c= int(input("c="))

d = b**2 - 4*a*c

if d > 0:
print("Tenglama 2 ta haqiqiy echimga ega")
elif d == 0:
print("Tenglama 1 ta haqiqiy echimga ega")
else:
print("Tenglama haqiqiy echimga ega emas")

Ichma-ich joylashgan if shart amali.​

if shart operatori o'z navbatida boshqa if shart operatorlaridan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Bunday holatga ichma – ich joylashgan shart ifodasi deyiladi. Masalan:

protsent = int(input("Protsentni kiriting: "))
if protsent > 10:
print("10% dan katta")
if protsent > 20:
print("20% dan katta")

Yuqoridagi misolda ichki if ifodasi tashqarisidagiga nisbatan bitta xat boshi tashlab yozilili shart, aks holda ichma – ich joylashgan shatr operatori bo'lmay, alohida shart operatori hosil qilingan bo'ladi.

Quyidagi if operatoriga misolda oylik maoshdan shkala bo'yicha tutib qolinadigan jami daromad solig'ini hisoblovchi dastur tuzilgan:

a = 200
b = 33
if b > a:
print("b a dan katta")
elif a == b:
print("a va b teng")
else:
print("a b dan katta")